1

3 fevral: Xitoyda virus qurbonlari soni 361 nafar, kasallanganlar 17205 nafardan oshdi

Dunyo 03.02.2020, 09:04
3 fevral: Xitoyda virus qurbonlari soni 361 nafar, kasallanganlar 17205 nafardan oshdi

Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar va kasallanganlar soni tobora oshmoqda. Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, virusdan bir kun ichida 57 kishi vafot etdi. Bu haqda “kun.uz” yozdi.

Shu tariqa, epidemiya boshlangandan beri uning qurbonlari soni 361 nafarga etdi, kasallanganlar esa yana 2829 kishiga ko`payib, 17205 nafarni tashkil qilmoqda. 

56 ta o`lim virus tarqalish o`chog`i hisoblangan Xubey viloyatida, yana bittasi Chunsin shahrida qayd etilgan.

Mamlakatda 152,7 ming kishi virus yuqtirganlikka gumon ostida qolmoqda. 475 kishi muvaffaqiyatli davolash kursidan so`ng shifo topgan.

Bir kun avval virus qurbonlari soni 304 nafarni, kasallanganlar esa 14,4 ming kishini tashkil etayotgani ma`lum qilingandi.

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, Xitoydan tashqarida dunyo bo`ylab 182 kishi virusga chalingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1