AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi 1-maktab rahbarlarining kirdikorlari fosh bo`ldi

'Jizzaxdagi 1-maktab rahbarlarining kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Jizzax shahridagi maktabda juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, shahardagi 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining mansabdor shaxslari 12 nafar fuqarolarning maktabda ishlaganligi va dars soatlari o`tganligi haqida hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritib, jami 201,1 mln. so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar