AsosiyDunyo

Dunyodagi eng badavlat xitoylik koronavirusga qarshi kurashga 14 million dollar ajratdi

'Dunyodagi eng badavlat xitoylik koronavirusga qarshi kurashga 14 million dollar ajratdi'ning rasmi

Xitoylik milliarder Jek Maning boyligi 35,8 milliard dollarni tashkil qiladi. U Alibaba Group kompaniyasi asoschisi, taniqli tadbirkor, Xitoyning eng bavdalat odami sanaladi.

 Jek Ma koronavirusga qarshi kurashish uchun o`z hisobidan 14 million dollar mablag` ajratdi. Ushbu mablag` virusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun sarf etiladi. 

Bundan biroz avvalroq Alibaba Group kompaniyasi tomonidan Xubey provinsiyasidagi kasalxonalarga kerakli tibbiy uskunalar va dori vositalarini harid qilish uchun 144 million dollar pul ajratib berilgan edi. 

Ma`lumot uchun, Jek Ma dunyodagi eng bavdalat insonlar reytingidagi 18 o`rinda turadi.
 

Boshqa yangiliklar