Bugun Aloqa va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi bo`yicha matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi mas`ullarining bergan ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 sentyabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 760-sonli qaroriga asosan:
Respublika Komissisiyasi tomonidan imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishga tavsiya etiladigan nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi :
a) turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida hisobda turgan hamda fan, san`at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan yosh oilalar (qoidaga ko`ra, davlat mukofotlari, «O`zbekiston belgisi» ko`krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari);
b) O`zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida kamida uch yil mobaynida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy faol yosh oilalar — O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi taqdimnomasi asosida;
v) faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasida alohida namuna va xizmat ko`rsatgan yosh oilalarga — davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining rahbarlari tavsiyasiga ko`ra O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi taqdimnomasi asosida uy-joyga nomzod yosh oila sifatida hisobga qo`yiladi.
Ma`lumot uchun, yoshlar masalalari bo`yicha savollar tug`ilganda, taklif va muammolar yuzasidan Kengashning 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.






