AsosiyDunyo

Bosh vazir koronavirusga chalingan chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma`lum qildi

'Bosh vazir koronavirusga chalingan chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma`lum qildi'ning rasmi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV aniqlangan chet el fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkinligini aytdi, deya yozdi effect.uz.

Ta`kidlanishicha, mazkur chora mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga oid milliy rejasidan o`rin olgan.

“Endi u (yangi turdagi koronavirus) o`ta xavfli kasalliklar ro`yxatiga kiritilgan. Bu chet el fuqarolarida shunday kasallik aniqlanganda ularni chiqarib yuborish va maxsus cheklovlar, shu jumladan, izolyasiya yoki karantin chora-tadbirlarini joriy etish imkonini beradi”, deya Mixail Mishustin so`zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Ma`lumot uchun: Rossiya EOII hamda MDH davlatlariga yangi koronavirusni laboratoriya sharoitida diagnostika qilish vositalarini tarqatdi, Xususan, O`zbekistonga ham yuborildi.

    Boshqa yangiliklar