AsosiyJamiyat

Dizel yonilg`isini yashirincha olib kirish rejasi barbod bo`ldi

'Dizel yonilg`isini yashirincha olib kirish rejasi barbod bo`ldi'ning rasmi

Dizel yonilg`isining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali katta miqdordagi dizel yonilg`isini yurtimizga olib kirishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bartaraf etildi.

Ya`ni qo`shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro K.I. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tekshiruv jarayonida, mazkur yuk avtomashinalar yukxonasining tagida qo`lbola usulda yasalgan xufya joyda, deklarasiyada ko`rsatilmagan 650 litr dizel yonilg`isi borligi ma`lum bo`ldi.

Yurtimizga qayta sotish maqsadida olib kelingan mazkur dizel yonilg`isi ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar