1

Yo`l xo`jaligi sohasidagi ayrim harakatlar uchun jarima solish boshlanadi

Jamiyat 04.02.2020, 12:33
Yo`l xo`jaligi sohasidagi ayrim harakatlar uchun jarima solish boshlanadi

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 147-moddasi birinchi qismi xususida bormoqda. 22 yanvardagi qonun bilan unga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi, ular 24 apreldan kuchga kiradi.

Hozirgi vaqtda moddada yo`llarga, yo`l inshootlariga va yo`l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast etkazganlik, ularni saqlash qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalar nazarda tutilgan.
O`zgartirishlar kuchga kirgandan keyin, u bo`yicha quyidagilarga ham jarima solish boshlanadi:

  • avtomobil yo`llarini o`zboshimchalik bilan qaziganlik uchun;
  • yo`llarda sun`iy notekisliklar va to`siqlar barpo etganlik uchun;
  • avtomobil yo`lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaganlik uchun;
  • yo`llarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun.

    Shuningdek, jarimalar ham qayta ko`rib chiqildi. Huquqbuzar fuqarolar BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa – BHMning 10 baravari miqdorida jarima to`lashlariga to`g`ri keladi (hozirgi kunda sanksiyalar unifikasiyalashgan– jarima 10 BHM miqdorida).

    Yuqorida keltirilgan huquqbuzarliklardan hech bo`lmaganda bittasi aniqlangan taqdirda Transport vazirligi huzuridagi Yo`l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari bayonnoma tuzadilar. MJTKning 282-moddasi tartibida u ko`rib chiqish uchun ma`muriy sudga yuboriladi.

    Tuzatishlar 24.04.2020 yildan kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1