1

"Kassaga borsak chipta yo`q deyishdi. Lekin 260 o`rinli samolyotda 40 kishi uchib ketdik. Bu ham monopoliyaning ta`siri" – Deputat (video)

Jamiyat 04.02.2020, 12:40
"Kassaga borsak chipta yo`q deyishdi. Lekin 260 o`rinli samolyotda 40 kishi uchib ketdik. Bu ham monopoliyaning ta`siri" – Deputat (video)

O’zLiDeP matbuot xizmati tomonidan yangi tashkil etilayotgan avikompaniya “Humo air” va ushbu sohadagi monopoliyaga bag`ishlab videolavha tayyorlandi. Unda fuqarolardan yangi kompaniya kerakmi yoki yo`q mazmunida fikrlar so`raldi. Shuningdek, lavhada mutaxassislar fikri bilan ham o`rtoqlashildi. 

Lavhada Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O’zLiDePdan saylangan deputat Nodir Jumaev mamlakatdagi monopoliya haqida gapirdi. 

U o`tgan yili avgustda Yaponiyaga ketish oldidan sodir bo`lgan chipta bilan bog`liq muammoni ham esladi. 

“Avgust oyida Yaponiya moliya vazirligining tavsiyasiga ko`ra Yaponiyaga borishga to`g`ri keldi. Shunda chipta olgani borganimda bilet tugagan deyishdi. Qattiq iltimoslar natijasida bilet olishga muvaffaq bo`lindi. Samolyotga chiqqanimda 260 o`rinli samolyotda 40 kishi uchib ketdik. Bu ham monopoliyaning ta`siri”, – dedi deputat. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1