AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Senatorlar maktabi” tashkil etildi

'O`zbekistonda “Senatorlar maktabi” tashkil etildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida o`z nutqida parlament yuqori palatasi faoliyati va senatorlar maktabini shakllantirish borasida o`z fikr-mulohazalarini bildirgan edi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

2020 yilning 4 fevral kuni Oliy Majlisning yuqori palatasida “Senatorlar maktabi” o`z ishini boshladi.

Senat Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev senatorlarga birinchi o`quv mashg`uloti doirasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning rolini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, parlament faoliyatining huquqiy asoslari va asosiy yo`nalishlari haqida ma`ruza qildi.

Shuningdek, tizimli ravishda faoliyat ko`rsatadigan “Senatorlar maktabi” doirasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi mohiyati va uni amalga oshirishda parlament o`rni, mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy va uslubiy ko`maklashish, O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari, unda parlamentning roli va parlamentlararo munosabatlar, Senatning Davlat byudjetini shakllantirish va qabul qilish, ijrosini nazorat qilishdagi o`rni, yangi soliq konsepsiyasining asosiy jihatlari, uning mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishidagi ahamiyati hamda qonun ijodkorligi – qonun loyihasini ishlab chiqish va qonunlarni ko`rib chiqishda Senatning ishtiroki masalalari bo`yicha senatorlar uchun o`quv mashg`ulotlari o`tkazish nazarda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar