1

O`zbekiston bayrog`i ilingan ulkan havo shari uchirilishi kutilmoqda

Jamiyat 05.02.2020, 15:01
O`zbekiston bayrog`i ilingan ulkan havo shari uchirilishi kutilmoqda

Bir tomonda retro avtomobillar, stimulyatorli sport mashinalari, motosikllar namoyishi... Ikkinchi tomonda so`nggi avlod robotlari, eng yangi ixtirolar, innovasiyaon g`oyalar va startap loyihalar ko`rgazmasi... Yana bir tomonda esa taniqli sport ustalaridan o`ziga xos mahorat saboqlari...

Joriy yil 7 fevral kuni poytaxtimizda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan vatanparvarlik festivali dasturi ana shunday qiziqarli tomosha va taqdimotlarga boy. Tadbir uchun “Yangi O`zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz” shiori tanlangan. O`sha kuni festival manzili — Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, “Hyatt Regency” mehmonxonasi old maydoni hamda “Yoshlar ijod saroyi” yigit-qizlar bilan har qachongidan gavjum bo`ladi. 

Prezidentmizning 5 muhim tashabbusi doirasidagi ushbu tadbirlar kitoblar ko`rgazmaci, yosh ijodkorlar asarlari taqdimotlari, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokidagi ijodiy uchrashuvlar va mushoiralarni ham qamrab olgan. 

Bu erga kelganlar tasviriy san`at bo`yicha mahorat darslariga ham guvoh bo`lishadi. Qolaversa, boks, qilichbozlik, qo`l jangi, kamondan o`q otish maydonlari tashkil etilishi barobarida, ishtirokchilar skeyt, rolikda uchish va boshqa zamonaviy sport turlari bo`yicha chiqishlardan bahramand bo`ladilar. 

O`zbekiston bayrog`i ilingan katta havo shari uchirilishi — tadbirning eng qiziqarli va taassurotlarga boy tomoshasi bo`lishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1