1

Bosh prokuror tashabbusi bilan nogiron xodimlarning ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratildi

Jamiyat 05.02.2020, 15:48
Bosh prokuror tashabbusi bilan nogiron xodimlarning ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratildi

Ilgari Bosh prokuror N.Yo`ldoshev tomonidan Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazilayotgani haqida ma`lum qilgan edik. Bosh prokuror Termiz shahridagi “Gulbahor nurli Kelajak” MChJga tashrif buyurib, jamiyat faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda "Darakchi.uz" ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, jamiyat rahbari D.Karimova jamiyatning o`z binosi bo`lmaganligi, mahsulotlari uchun bozor topishda qiynalganligi, nogiron xodimlarining ishlashi uchun etarli imkoniyat bo`lmaganligi bo`yicha yillar davomida turli tashkilotlarga murojaat qilib kelgan.

D.Karimovaning murojaati Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganilib, prokuratura tashabbusi bilan jamiyat uchun Termiz shahar hokimligi balansidagi bo`sh bino qaror asosida ajratib berilishi ta`minlanib, ushbu bo`sh binoning ichki va tashqi tomonlari to`liq ta`mirdan chiqarilgan va nogiron xodimlarning ishlashi hamda yashashi uchun sharoit yaratib berilishida amaliy yordam ko`rsatilgan.

Shuningdek, jamiyatning bank oldidagi krediti so`ndirilishi, nogiron xodimlar uchun harakatlanish aravachalari va qo`ltiq tayoqlar berilishi va boshqa barcha sharoitlar yaratilgan.

Mazkur jamiyatning yangi binosi ochilishi joriy yilning 2 fevral kuni bo`lib o`tgan va jamiyatda 30 nafar nogiron xotin-qizlar ish bilan ta`minlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1