1

Tomskdagi yong`in sababchisi bo`lgan xitoylik ayol qamoqqa olindi

Dunyo 05.02.2020, 19:38
Teglar: Tomsk, yong`in
Tomskdagi yong`in sababchisi bo`lgan xitoylik ayol qamoqqa olindi

Tomskdagi fojeada 11 nafar o`zbekistonlik fuqaro halok bo`lgani haqida avval xabar bergan edik. Mazkur yong`in sababchisi deya gumonlanayotgan “Grin Vud” firmasi direktori, Xitoy fuqarosi Sun` An`ni ekani ma`lum bo`ldi va u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Bu haqda Interfaks nashr xabariga asoslanib Sof.uz ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha ayni vaqtda Xitoylik tadbirkor ayolning advokatlari uni qamoqqa olinishiga e`tiroz bildirib sudga murojaat qilgan.

Avvalroq, Xitoy firmasi direktoriga Rossiya Federasiyasi jinoyat Kodeksining 109 moddasi 3-qismi bilan (ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ko`proq shaxslarning o`limiga sabab bo`lish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan va qidiruvga berilgan edi.

Gumonlanuvchini 25 yanvar kuni Tomsk shahridagi mehmonxonalarning birida ushlangan va 27 yanvardan qamoqqa olingan.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ko`rsatmasiga asosan yong`in sabablarini o`rganish, jabrlanganlar va halok bo`lgan fuqarolarning oila a`zolariga yordam ko`rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi va voqea joyiga etib bordi.

Komissiya sa`y-harakatlari bilan, Tomsk viloyatida sodir bo`lgan yong`in oqibatida halok bo`lganlardan 11 nafarining jasadi va fojiada tirik qolgan 2 nafar shaxs ham O`zbekistonga olib kelindi.

Sharhlar

Tomskdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

26.01.2020, 17:46

Tomsk viloyati, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy qishlog`ida sodir bo`lgan yong`in sodir bo`lgani va unda O`zbekiston fuqarolari halok bo`lgani haqida avval xabar bergan edik. Fojia oqibatida ishchilari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1