AsosiyJamiyat

Olmazor tumanida motosikl va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Olmazor tumanida motosikl va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

4 fevral kuni taxminan soat 17.00 da Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`lida “Shifokor” sport kompleksi qarshisida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi.

“SHACMAN” yuk avtomoili haydovchisi 43 yoshli I.T. 39 yoshli A.A. boshqargan “Yamaha” rusumli motosikl bilan to`qnashgan. YTH oqibatida motosikl haydovchisi tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga etkazildi.

Shu kunning o`zida boshqa yo`l-transport hodisasi ham ro`y berdi: motosikl va engil avtomobil ishtirokidagi kichik to`qnashuv oqibatida YTH ishtirokchilari baxtiga ularning sog`lig`iga jiddiy zarar etmadi.

Yil sayin poytaxtda motosikllar, moped va skuterlar soni oshib bormoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi yo`l harakati ishtirokchilaridan ushbu omilni inobatga olishni, “ko`r hududlarga” etarlicha e`tibor qaratishni va burilishlarni (manyovrlarni) yo`l harakati qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishni so`radi.

 

    Boshqa yangiliklar