AsosiyJamiyat

Nishonda koronavirusga qarshi kurashishda e`tiborsizlikka yo`l qo`ygan bosh vrach va xodimga chora ko`rildi

'Nishonda koronavirusga qarshi kurashishda  e`tiborsizlikka yo`l qo`ygan bosh vrach va xodimga chora ko`rildi'ning rasmi

Nishon tumani Tallimarjon hududidagi bir marotabalik ishlatiladigan niqob va bir marotabalik himoya kiyimi bilan to`liq ta`minlanganligi va xodimlar ishlarini nazorat qilmaganligi hamda koronavirus kasalligiga qarshi epidemiologik chora-tadbirlarni etarli darajada tashkillashtirmaganligi sababli Nishon tuman SEO markazi bosh vrachi Alisher Normo`minov intizomiy chora, vazifasini yaxshi o`zlashtirmagan SKP xodimi Akrom Sayitovning mehnat shartnomasi bekor qilindi, deb ma`lumot berdi Qashqadaryo viloyati Sanitariya va epidemilogik osoyishtalik markazi.

Ma`lumotda keltirilishicha, 4 fevral kuni viloyat SEO markazi bosh vrachi S.Murodov, epidemiolog R.Muzaffarov, Nishon tuman SEO bosh vrachi va viloyat favqulodda vaziyatlar xodimlari Tallimarjon hududidagi(Turkmaniston bilan chegaradosh) SKPga borib o`rganish ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, hozirgi paytda Turkmaniston tomonidan hududiga o`tish va chiqish taqiqlangan. 2020 yilning yanvar oyida 1000 ta fuqaro shundan 935 nafari xorijiy tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan bo`lib, SKPni o`rganish kuni ya`ni 4 fevral kuni 5 nafar fuqarolar tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, isitmalagan bemorlar aniqlanmagan. 1 fevraldan 4 fevralga qadar SKP orqali 58 nafar o`tgan fuqarolarning barchasi Turkmaniston fuqarolaridir. SKPda bugungi kunda 4 ta pirometr – masofaviy (distansion) termometr, 65 ta tibbiyot (simobli) termometr, 50 ta ko`p marotabalik niqob, 4 ta bir marotabalik himoya kiyimi, 5 ta o`latga qarshi himoya kiyimi bilan ta`minlangan.  Teplovizor – masofaviy turg`un harorat o`lchovchi uskuna yo`q.

 

    Boshqa yangiliklar