AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining ba`zi bir ko`chalari vaqtincha yopiladi

'Toshkent shahrining ba`zi bir ko`chalari vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Said baraka ko`chasining Amir Temur shoh ko`chasidan Taras Shevchenko ko`chasigacha bo`lgan qismida “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan350 metr uzunlikdagi issiqlik tarmog`i quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.   Issiqlik tarmog`ini yangilash ishlari tezkorlik bilan bajarilishi uchun ko`chaning ushbu qismi 17 fevralgacha avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi. 

Ushbu ishlar jarayonida iste`molchilar issiqlik ta`minotidan uzilmaydi. 

“Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar