AsosiyJamiyat

Chiroqchi tumanidagi maktabda isitish tizimi ishlamayotgani haqidagi fotolavha yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

'Chiroqchi tumanidagi maktabda isitish tizimi ishlamayotgani haqidagi  fotolavha yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan Chiroqchi tumanidagi 6-IDUM faoliyatiga doir “Mingdan ziyod bola o`qiydigan maktabda isitish tizimi ishlamayapti” mavzusidagi fotolavhalar bilan yoritilgan ma`lumot joriy yilning 5 fevral kuni viloyat xalq ta`limi boshqarmasining ishchi guruh a`zolari tomonidan o`rganilib, quyidagilar aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

6-IDUM 2019 yilning 22 avgust kuni Chiroqchi sport pedagogika kolleji binosiga ko`chirilgan. Bugungi kunda maskanda 969 nafar o`quvchi ikki navbatda ta`lim-tarbiya olmoqda.

Maktab binosida 8 ta isitish qozonxonalari mavjud bo`lib, ko`mir yoqilg`isi bilan isitiladi. Maktab kollej binosini qabul qilgan vaqtda mazkur kollej hisobidagi 33 tonna ko`mir maktab hisobiga o`tkazib berilgan.

Maktab binosidagi 8 ta isitish qozonxonasidan 2 tasi ta`mirtalab holatda. Maktabda ichimlik suvi mavjud bo`lib, markaziy tarmoqqa ulangan. Har kuni 10 soat uzluksiz ichimlik suvi kelib turadi. Ichimlik suvidan muammo yo`q.

Maktabni ta`mirlash uchun 10 mln. so`m ajratilgan bo`lib, maktabning kirish qismi ta`mirlangan. Maktabdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun tuman hokimligi bilan kelishgan holda chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maktabdagi barcha muammolar to`liq bartaraf etildi. Ishchi guruh a`zolari tomonidan maktab rahbarlariga belgilangan tartibda tegishli tavsiyalar berildi.

    Boshqa yangiliklar