AsosiyDunyo

Yangi Zelandiya Uxandan evakuasiya qilgan fuqarolar orasida o`zbekistonlik ham bor

'Yangi Zelandiya Uxandan evakuasiya qilgan fuqarolar orasida o`zbekistonlik ham bor'ning rasmi

Yangi Zelandiya hukumati tomonidan ijaraga olingan Air New Zealand aviakompaniyasiga tegishli samolyot Xitoyning koronavirus o`chog`i hisoblangan Uxan shahridan 190 kishini olib keldi. Bu haqda Stuff nashri xabariga asoslanib Daryo ma`lum qildi. 

Samolyot 5 fevral kuni ertalab soat 06:45 da Uxandan parvoz qilgan va kechqurun soat 18:00 larda Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga qo`ngan.

Havo kemasi bortida Yangi Zelandiya fuqarolaridan tashqari yana bir nechta mamlakat fuqarosi bo`lgan.

Xususan, yo`lovchilar orasida Papua-Yangi Gvineyadan (17 kishi), Timor-Leshtidan (17 kishi), Samoadan (5), Tongadan (4), Fijidan (2) kishi va Kiribati, Mikroneziya federal shtatlari, O`zbekiston va Niderlandiya fuqarolari borligi aytilmoqda. Shuningdek samolyot bortida sakkiz nafar britaniyalik bo`lgan.

Evakuasiya qilingan fuqarolarning barchasi 14 kun davomida Shimoliy Oklendning Vangaparaoa yarim orolidagi harbiy ob`ektda karantinda saqlanadi.

Qayd etilishicha, reysga chipta bron qilgan 60 kishi parvoz vaqtida aeroportga kelmagan. Bir necha fuqaro Yangi Zelandiyaga qaytishdan bosh tortgan.

Bir nafar fuqaroda parvozga qadar tibbiy tekshiruvda kasallik alomatlari aniqlangani uchun u reysga qo`yilmagan.

Boshqa yangiliklar