AsosiyJamiyat

Surxondaryoda aliment to`lamagan ota 6 oyga “kesildi”

'Surxondaryoda aliment to`lamagan ota 6 oyga “kesildi”'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Sherobod tumanlararo sudining 06.02.2014 yildagi 524-sonli sud buyrug`iga asosan qarzdor N.Rajabovdan undiruvchi M.Qurbonova foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandining ta`minoti uchun ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo`lsada, muqaddam 2019 yil 28 avgustda 34.151.040 so`m aliment pullarini to`lamasdan kelgani uchun Muzrabot tuman ma`muriy sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilganligidan o`ziga to`g`ri xulosa chiqarmasdan, aliment pullarini qasddan to`lashdan bo`yin tovlab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan N.Rajabovning yuqoridagi harakatlarida O`zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyat tarkibi mavjudligi sababli, unga nisbatan MIB Muzrabot tuman bo`limi tomonidan 2019 yil 16 dekabr kuni jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

To`plangan hujjatlar ayblov dalolatnomasi bilan JIB Muzrabot tuman sudiga yuborilib, 2020 yil 29 yanvar kuni jinoiy ish materiallari ko`rib chiqilib, JIB Muzrabot tuman sudi tomonidan ayblanuvchi N.Rajabovga nisbatan 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanib, sud zalida qamoqqa olindi.

    Boshqa yangiliklar