Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida Chilonzor tumanida fuqaro M.N. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina to`xtatilib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, avtomashinada sifati kafolatlanmagan 300 dona “Tropikamid 10ml/mg” dori vositalari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir tadbir davom ettirilib, Yakkasaroy tumanida to`xtab turgan, fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina ham tegishli tartibda ko`zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida avtomashinada 10 509 xil dori vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, yuqoridagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosida faol ishtirok etgan fuqaro M.N. 10,5 million so`mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Ushbu shaxs qo`lga olinganidan so`ng o`z ixtiyori bilan 300 dona “Tropikamid 10ml/mg” dori vositalarini tadbir ishtirokchilariga topshirdi.
O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 102 million so`mlik 600 dona “Tropikamid 10ml/mg” va 10 509 dona 40 nomdagi dori vositalari ashyoviy dallilar bilan qo`lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






