AsosiyJamiyat

Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

'Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi'ning rasmi

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.

Viloyat hokimligi tomonidan mazkur holat yuzasidan o`rganish o`tkazildi. Audioda qayd etilgan yozuvning viloyat hokimligi xodimiga tegishli bo`lgani aniqlandi, deya ma`lum qildi hokimlik Matbuot xizmati. 

Viloyat hokimligi xodimi tomonidan yozilgan tushuntirish xatidan ma`lum bo`lishicha, uni mazkur leksikaga majburlagan sub`ektiv holatlar mavjud bo`lgan. Biroq hech qanday sabab, davlat xizmatchisiga o`z xizmat vazifasini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarmasligiga hamda fuqarolar bilan muloqot chog`ida umume`tirof etilgan axloq qoidalariga zid bo`lgan so`zlardan foydalanishga asos bo`la olmasligi qayd etiladi hamda viloyat hokimligi xodimining ushbu hatti-harakati keskin qoralanadi.

Viloyat hokimligi tomonidan ushbu xodimga nisbatan intizomga xilof nojo`ya harakat sodir etilganlik fakti bo`yicha hayfsan qo`llash to`g`risida buyruq chiqarildi hamda bunday holatning takrorlanishi mehnat shartnomasini bekor qilinishiga olib kelishi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar