1

Xitoy: koronavirusga davo topildi

Dunyo 06.02.2020, 21:13
Xitoy: koronavirusga davo topildi

Xitoyning etakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e`lon qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net»ga asoslanib “Daryo”.

Lining so`zlariga ko`ra, laboratoriya tajribalarida abidol va darunavirning (OITSni davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan antiretrovirus dori) aralashmasi virus samarali to`xtatishga qodir. Shuningdek, mazkur dori vositalaridan Chjeszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarni ham davolashda qo`llanilgan.

Epidemiologning ta`kidlashicha, hozirda virusga qarshi qo`llanilayotgan OIV (Odamning immunitet tanqisligi virusi) qarshi dorilari kutilganidek samarali emas va uning salbiy asoratlari bor. Li Milliy sog`liqni saqlash komissiyasiga topilgan dorilarning kombinasiyasidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, olimning qayd etishicha, koronavirusga qarshi dorilardan faqatgina shifokor ko`rsatmasiga bo`yicha foydalanish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1