1

Koronavirus: Bugungi kunda O`zbekiston bo`ylab necha nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingani ma`lum qilindi

Jamiyat 07.02.2020, 08:10
Koronavirus: Bugungi kunda O`zbekiston bo`ylab necha nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingani ma`lum qilindi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 6 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra Xitoy Xalq Respublikasida jami  28060 nafardan ortiq fuqarolar kasallanib, kunlik o`sish 15,2 foizni (3667 nafar) tashkil etmoqda. 564 (2 foiz) nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

Koronavirus kasalligi 2020 yil 6 fevral kunigacha dunyodagi 24 ta davlatda 191 nafar fuqarolarda laboratoriya usulida tasdiqlandi.

Joriy yilning 5-fevral kuni Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan 245 nafar fuqarolardan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar keltirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi.

I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 5 fevral kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilindi, 3990 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o`tkazildi.

Temir yo`llari AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan jami 663 nafar fuqarolar o`tishgan, shulardan 40 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko`tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1585 ta avtotransportlar, 28644 nafar fuqarolar o`tkazilgan, shulardan 14646 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan fuqarolar ro`yxati asosida 2912 nafar fuqarolarimiz tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.  Shulardan 2188 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko`rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 724 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

Xukumat komissiyasi qarori bilan joriy yilning 4-6 fevral kunlari O`zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan provinsiyasidan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar fuqarolarimiz  olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi. Fuqarolar uchun maxsus tayyorlangan muassasalarda barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

Agentlikning markaziy shtabi mutaxassislari tomonidan 71-276-49-66 ishonch telefoni orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq ma`lumotlar va zarur tavsiyalar berib borilmoqda.

Mamalakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan, deya ma`lum qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1