1

Uxandagi koronavirus haqida birinchi bo`lib xabar qilgan shifokor vafot etdi

Dunyo 07.02.2020, 09:05
Uxandagi koronavirus haqida birinchi bo`lib xabar qilgan shifokor vafot etdi

Xitoyning Uxan shahridagi koronavirus haqida birinchi bo`lib ogohlantirgan va buning uchun yolg`on ma`lumot tarqatishda ayblangan oftalmolog shifokor Li Venlyan vafot etdi. Shifokor ham koronavirusning qurboniga aylandi. Bu haqda "kun.uz" yozdi. 

34 yoshli Li Venlyan Uxanning markaziy shifoxonasida ishlagan. U Weibo ijtimoiy tarmog`ida 11 yanvarda unda yo`tal va yuqori tana harorati paydo bo`lganini yozgan. Shifokor o`zining 1 fevraldagi so`nggi xabarida koronavirusga chalingani tasdiqlanganini ma`lum qilgan. 

2019 yil 30 dekabrda shifokor WeChat ijtimoiy tarmog`i orqali hamkasblariga Uxandagi Xuanan dengiz mahsulotlari bozorida atipik zotiljamga (SARS) uchrash bo`yicha 7 ta holat tasdiqlanganini yozgan. O`shanda Li kasallikning qo`zg`atuvchisi koronavirusning yangi shtammi ekanini bilmagan. Lining bu xabari ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib ketgan, chunki odamlar SARS qaytishidan qo`rqqanlar.

Keyingi kuni Li va avj olayotgan epidemiya haqida boshqalar bilan bo`lishgan yana 7 shifokor polisiyaga chaqirtirilgan. Ularga ogohlantirish qilinib, jamoat tartibiga putur etkazishi mumkin bo`lgan bunday “yolg`on xabarlar”ni boshqa tarqatmaslik talab qilingan. 

Biroq Xitoy hukumati 31 dekabrdayoq Jahon sog`liqni saqlash tashkilotini Uxanda noma`lum turdagi zotiljam avj olayotganidan ogohlantirgan. Mutaxassislar bu zotiljam 2019-nCoV koronavirusi bilan chaqirilganini aniqlashgan.

Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 563 nafarni, kasallanganlar 28 mingdan ko`pni tashkil qilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1