1

Ziyorat turizmi xizmatlari bo`yicha yangi standart ishlab chiqildi

Jamiyat 07.02.2020, 09:54
Ziyorat turizmi xizmatlari bo`yicha yangi standart ishlab chiqildi

Islom davlatlari standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ning Turizm va unga bog`liq masalalar bo`yicha texnik qo`mitasi (TS 5) tomonidan “OIC/SMIIC 9: 2019 Halol turizm bo`yicha xizmatlar. Umumiy talablar” standarti ishlab chiqildi.

Yangi standart musulmon sayyohlarga taqdim etiluvchi mahsulotlar va xizmatlarning islom qoidalariga muvofiq kelishini ta`minlashga yo`naltirilgan.

OIC/SMIIC 9: 2019 standarti SMIIC'ga a`zo davlatlarning umumiy standarti sifatida butun  dunyo bo`ylab halol turizm xizmatlarini (HTX) taklif qiluvchi turistik industriya sub`ektlari tomonidan keng qo`llanilishi kutilmoqda.

“Halol turizm xizmatlari” musulmon sayyohlariga taklif etiluvchi, islom qoidalariga muvofiq keluvchi barcha mahsulot va xizmatlar sifatida belgilanadi.

OIC/SMIIC 9 standartida halol turizm ob`ektlari, sayyohlar uchun mahsulotlar va xizmatlar, joylashtirish vositalari, turistik paketlar, turistik gidlar va ovqatlanish, restoranlar kabi boshqa xizmatlar hamda ob`ektlarni boshqarishga doir boshqaruv tamoyillari va talablari mavjud.

 Standart to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni ushbu havoladan olish mumkin. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1