1

Toshkent viloyatida soxta “GAI” qo`lga tushdi

Jamiyat 07.02.2020, 10:16
Toshkent viloyatida soxta “GAI” qo`lga tushdi

Chinoz tumanida fonardan yasalgan “bodi-kamera”, elim ko`krak nishoni va qalbaki guvohnoma bilan “xizmat olib borayotgan” soxta “GAI” qo`lga olindi.

Bugun, 6 fevral kuni M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo`lida xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari, safdor Bekjon Erejepov va serjant Mansur Normatovlar ushbu yo`lda harakatlanib kelayotgan Kamaz yuk mashinasini ko`rikdan o`tkazish uchun to`xtatadi. Shunda haydovchi inspektorlarga chamasi 900 metrlar oralig`ida bir “GAI” xodimi uni to`xtatib hujjatlarini tekshirganligini, ammo uning bodi kamerasi odatdagidan boshqacharoq ekanligini ma`lum qiladi.

YPX inspektorlari zudlik bilan aytilgan joyga etib borib, u erda Nexia rusumli avtomobilda o`tirgan “xodim”ni ko`rishadi. Undan kimligini so`rashganida u voqea joyidan qochib ketmoqchi bo`ladi. Xodimlar uni qo`lga olib, Chinoz tuman IIBga olib borishadi. Shundan so`nig, IIB tezkor xodimlari xolislar ishtirokida uning boshqaruvida bo`lgan avtomashina salonini ko`zdan kechirishganida, u erdan 24 dona bir xil seriya va raqamli ma`muriy bayonnomalar, Farg`ona viloyati IIB tomonidan berilgan xizmat guvohnomasining rangli nusxasi va uning egnidagi kiyimiga o`rnatilgan, “Diqqat” yozuvi tushirilgan qalbaki bodi-kamera va elimdan eritib yasalgan YPX inspektorining ko`krak nishoni hamda jezl ashyoviy dalil sifatida olingan.

-Muqaddam ichki ishlar organida ishlaganman, 2016 yilda o`z ixtiyorim bilan bo`shaganman, -deydi siri fosh bo`lgan soxta “GAI” xodimi Azizbek Ro`zmetov. -Ko`krak nishoni va bodi kamerani o`zim qo`lbola usulda yasagan edim. Xato qildim, bu ishimdan pushaymonman. Hozirda Chinoz tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, ushbu shaxs Azizbek Ro`zmatov 2018 yilning yanvar oyida ichki ishlar organi xodimining kiyimini kiyib, qo`lbola usulda yasalgan ko`krak nishonini taqib soxta “GAI”lik bilan Sirg`ali tumani hududida shug`ullanayotgan vaqtda qo`lga tushgan.

Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 227 va 228-moddalari 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik yuzasidan ayblov e`lon qilinib, sud qarori bilan axloq tuzatish ishlari jazosi qo`llanilgan edi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatikimda-kim ushbu shaxsning noqonuniy harakatlaridan jabr chekkan bo`lsa Toshkent viloyati IIBBga murojaat qilishlarini so`raydi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1