AsosiyJamiyat

Facebook tarmog`iga murojaat bilan chiqqan pedagog- tarbiyachi maktab-internat hududida axloqiy nojo`ya harakatlar qilganligi aniqlandi

'Facebook tarmog`iga murojaat bilan chiqqan pedagog- tarbiyachi maktab-internat hududida axloqiy nojo`ya harakatlar qilganligi aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Denov tumanidagi 67-sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati yordamchi pedagog-tarbiyachisi (enaga) Boymatova Gulnoz Abduraxmonovnaning Facebook tarmog`iga qilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi.

Murojaat Denov tuman xalq ta`limi bo`limi xodimlari tomonidan o`rganildi. O`rganish natijasi bo`yicha Denov tumanidagi 67-sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-initernatida 2013 yildan buyon ishlab kelayotgan Boymatova Gulnoz Abduraxmonovna 2020 yil 15 yanvar kuni kechki ish vaqtida o`zining tanishi bilan maktab-internat hududida va tashqarisida pedagog-xodimga xos bo`lmagan axloqiy nojo`ya harakatlar qilganligi kuzatilgan.

G.Boymatova o`zi tarbiyachi bo`lib maktab-internat ichki tartib qoidalariga zid bo`lgan hatti-harakatlari, maktab-internatining 2020 yil 18 yanvar kuni o`tkazilgan navbatdan tashqari pedagogika kengashida ko`rib chiqilib, O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ish beruvchining tashabbusi bilan 2020 yil 27 yanvar №322-sh-sonli buyrug`i bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

2020 yil 15 yanvar kunidagi G.Boymatova bilan kuzatilgan holat Denov tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan videokuzatuv kameralari orqali tekshirib ko`rilganda haqiqatdan ham Boymatova Gulnoz tomonidan salbiy holatlar sodir etilganligi tasdiqlangan.

Boymatova Gulnozning oldindan tanishi bo`lgan Turaev Abubakr mashinasida kechki soat 20-55 da birga maktab-internati darvozasi yoniga kelishgan va ular o`rtasidagi holat videokuzatuv kamerada o`z aksini topgan.

Ishdan bo`shatilgunga qadar Boymatova Gulnoz facebook tarmog`iga qilgan murojaatida 0,5 (yarim) stavka ishlab kelayapman deb ko`rsatgan vaji noto`g`ri bo`lib, u aksincha 1 (bir) stavka yordamchi tarbiyachi (enaga) vazifasida ishlab kelgan.

Joriy yilning 15 yanvar kuni Boymatova Gulnoz murojaatida 20-00 da ishga kelganman deb yozgan, aslida esa vidoekuzatuv kamerasida u maktab-internat darvozasidan 20-55da kirganligianiqlangan.

G.Boymatova murojaatnomada notanish kimsa mening izimdan kelib menga tegajog`lik qila boshladi deb noto`g`ri ko`rsatgan. Aslida uni o`z mashinasida olib kelgan Turaev Abubakr uning oldindan tanishi bo`lgan.

G.Boymatova yozgan murojaatida IIB inspektori va 102 raqamiga qo`ng`iroq qilib, shoshilinch yordam so`radim degan, aslida esa IIB inspektorlarini  bosh tarbiyachi A. Mengboev qo`ng`iroq qilib chaqirgan.

Ertasi kuni, ya`ni 2020 yil 16 yanvar kuni bir kun oldin bo`lgan voqea haqida maktab-internati direktori B. Salomovaga uchrashmasdan, aytmasdan ketib qolgan.

Boymatova Gulnoz murojaatida meni ishdan bo`shatib, maktab direktori o`rnimga boshqa kishini ishga olgan deb ko`rsatgan vaji ham yolg`on ekanligi aniqlandi.

Haqiqatdan ham Boymatova Gulnoz maktab-internati direktorining 2020 yil 27 yanvardagi №322-sh–sonli buyrug`i bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, ishdan bo`shatilgan, lekin o`rniga boshqa xodim ishga qabul qilinmagan.

67-sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori tomonidan keyingi uch yil davomida xodimlardan S.Nomozov, X.Qarshieva, E.Toshmurodov, M.Xudoyqulova, F.Xoliqova, R.Klichev, A.Ziyaev, Z.Bozorova, F.Miniyozov, M.Shomurodov, G.Erdonaeva, Q.Tursunova, A.Mengboev, M.Mansurovlarning yozgan tushuntirish xatlarida maktab direktorining buyrug`i bilan berilgan moddiy rag`batlar o`zlashtirilmaganligi, aksincha, xodimlarning o`zlari to`liq olganliklari va o`z ehtiyoji uchun foydalanganliklari haqida bildirishgan. 

O`quvchilar uchun maktab-internati oshxonasida beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatlisi sifatsiz mahsulotlar bilan almashtiriladi degan vaji yuzasidan tekshirish va surishturuv o`tkazilganda, haqiqatdan ham Boymatova Gulnoz tomonidan noto`g`rima`lumot berilganligi aniqlandi. Oshxona xodimlari N.Xidirova, X.Qarshiev, F.Norbo`taeva, N.Norbo`taeva, B.Xudoynazarov, B.Kuchboevalar sifatli masalliqlar sifatsiziga almashtirilmaganligi haqida o`z tushuntirish xatlarida  bildirishgan.

Murojaat muallifi G.Boymatovaning facebook tarmog`iga qilgan murojaati tasdiqlanmadi. Ish beruvchi tomonidan qonun doirasida ish ko`rilib, G.Boymatova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to`g`ri bekor qilingan.

    Boshqa yangiliklar