Bugun poytaxtning ikki joyida “Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan” 3.10 yo`l belgisi o`rnatildi. Ushbu belgilar Mirzo-Ulug`bek tumani Sultoniya ko`chasidagi er osti yo`lagi hamda Yunusobod dehqon bozoridagi er osti yo`lagi yonida va Shayxontohur tumanidagi Beruniy va Saqchisimon ko`chalari kesishmasida (Chorsu bozori ro`parasida) o`rnatildi.
Eslatib o`tamiz, Yo`l harakati qoidalarini tasdiqlash to`g`rpisidagi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-son Qaroriga ko`ra, 3.10 “Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan” yo`l belgisi piyodalarning harakatlanishi ularning xavfsizligiga xavf tug`dirishimumkin bo`lgan joylarda o`rnatiladi.
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi piyodalardan o`rnatilgan yo`l belgilariga e`tiborli bo`lishni va yo`l harakati qoidalariga rioya qilishni so`raydi.






