AsosiyJamiyat

“O`zbekenergo”ning saytiga kirishning iloji yo`q, chunki...

'“O`zbekenergo”ning saytiga kirishning iloji yo`q, chunki...'ning rasmi

7 fevral kuni “Muxbir Daliyev” telegram kanalida “O`zbekenergo”ni saytiga kirishni iloji bo`lmayyapti, saytdan shaxsiy kabinetga kirib o`z hisobim haqida ma`lumot olib turardim” mazmunidagi murojaat e`lon qilingan edi. Ushbu murojaatga Energetika vazirligi Matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning o`z telegram kanali orqali tushuntirish berdi.

Ma`lumki, 2019 yil 27 martdagi “O`zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog`ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq, “O`zbekenergo” AJ o`rniga uchta alohida - “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJlari tashkil etilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati elektr energiyani yakuniy iste`molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiradi va ayni paytda uning rasmiy veb-sayti  ishga tushirilgan. Ushbu saytdan iste`molchilar shaxsiy kabinetga kirib o`z hisoblari va shu kabi ko`plab ma`lumotlarni olishlari mumkin.  

Eslatib o`tamiz! Iste`molchilarda ayni vaqtda elektr energiyasi ta`minoti bilan bog`liq savollar bo`lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-202-50-55 hamda 11-54 raqamlari yoki Telegram’dagi administrator (@HET_admin) orqali ham o`z murojaatlarini yo`llashlarini so`raymiz.

 

    Boshqa yangiliklar