AsosiyJamiyat

"O`zbekkino" Malayziyadagi o`quv kursiga arizalarni qabul qilmoqda

'"O`zbekkino" Malayziyadagi o`quv kursiga arizalarni qabul qilmoqda'ning rasmi

"O`zbekkino" Milliy agentligi 2020 yil 6-28 iyul kunlari Kuala-Lumpurda (Malayziya) bo`lib o`tadigan "Hujjatli filmlar sohasidagi kinematografiya" o`quv kursiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Barcha yosh hujjatli film ijodkorlarini tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari va mamlakatimizning hujjatli film sanoatini rivojlantirish istagiga ega bo`lishlari kerak.

Arizalar +998 97 7505401 telefon raqami va mo@uzbekkino.uz elektron pochtasi orqali 2020 yil 10 fevralgacha qabul qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar