O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo`mitasining axborotnomasida bergan ma`lumotiga ko`ra, Oy yildan yilga Er sayyorasidan uzoqlashib bormoqda.
AQShning Madison shtatidagi Viskonsin universiteti olimlari 1,4 milliard yil oldin Oy o`z o`qi atrofida aylanish uslubini o`zgartirib, sayyoraga yaqinroq bo`lganini aniqlaganlar. O`sha davrlarda sutka davomiyligi 18 soatni tashkil etgan.
Er sayyorasidan Oy yiliga 3,82 santimetr tezlikda uzoqlashmoqda.
Er sayyorasi bilan Oyning o`rtasidagi masofa 384,4 ming km.ni tashkil etadi.






