AsosiyDunyo

Yaponiyada to`xtatilgan kemada koronavirusga chalinganlar soni 61 nafarga etdi

'Yaponiyada to`xtatilgan kemada koronavirusga chalinganlar soni 61 nafarga etdi'ning rasmi

Yaponiyaning Yokogama shahri yaqinida karantinga tushgan "Diamond Princess" kruiz kemasida koronavirusni yuqtirganlar soni 61 nafarga etgani aytilmoqda. Bu haqda Yaponiya sog`liqni saqlash vazirligi rahbarining bayonotiga tayanib, Gazeta.ru xabar berdi.

Kema bortida kuni kecha 20 ta odamda virus aniqlangan edi. Ularga yana virus aniqlangan 41 nafar fuqaro qo`shildi. Ular orasida 21 yaponiyalik, 8 nafar amerikalik, 5 nafar avstraliyalik va 5 nafar kanadalik, bitta argentinalik va bitta britaniyalik fuqaro bor. Asosan kemadagi keksa yoshli yapon fuqarolari zararlangani qayd etilmoqda.

Kema bortida jami 2666 yo`lovchi va 1045 ekipaj a`zosi bor. Laynerdagi karantin 20 fevralgacha davom etishi mumkin.

Boshqa yangiliklar