AsosiyJamiyat

O`zbekistonda diniy ekstremistik tashkilot tuzishda ayblanib qamalgan Aramis Avakyan ozodlikka chiqarildi

'O`zbekistonda diniy ekstremistik tashkilot tuzishda ayblanib qamalgan Aramis Avakyan ozodlikka chiqarildi'ning rasmi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida istiqomat qilgan, asli ozarbayjonlik Aramis Avakyan jazoni ijro etish koloniyasidan ozod etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» ma`lum qildi.

1982 yilda tug`ilgan Aramis Avakyan O`zbekiston fuqarosi hisoblanadi. U 2016 yili 19 fevralda sudning tegishli qarori bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. O`shanda Avakyan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161-moddasi (Qo`poruvchilik), 169-moddasi (O`g`rilik), 244/1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244/2-moddasida (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybli, deb topilgandi.

2016 yili 22 mart kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Jizzax viloyat sudida apellyasiya instansiyasida sud qarori ustidan shikoyat ko`rib chiqilgan va hukm o`zgarishsiz qolgandi. Oradan 2  yil o`tib, may oyida Avakyan jazoni ijro etish manzil-koloniyasiga o`tkazilgan.

2020 yil 31 yanvar kuni bo`lib o`tgan Oliy sudning jinoyat ishlari bo`yicha sudlov kollegiyasi quyi instansiya qarorlaridagi Avakyanga tegishli qismi o`zgartirildi. Uning jazo muddati 4 yil, 4 oy va 27 kungacha qisqartirildi. Ayni paytda jazo muddatini o`tab bo`lgan Aramais jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etildi.

AQShning O`zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum fermerning ozod etilganiga munosabat bildirib, buni olqishladi.

«O`zbekiston joylarda hokimiyatdan g`ayriqonuniy foydalanish oqibatida qamoqqa nohaq tushgan Aramis Avakyanni qo`yib yuborganini eshitib, xursand bo`ldim. Bu Mirziyoev boshqaruvidagi O`zbekistonda qonun ustuvorligi sari qo`yilgan yana bir qadam», — deb fikr bildirgan u Twitter’dagi sahifasida.

Boshqa yangiliklar