AsosiyJamiyat

Farg`onada reyd: noqonuniy issiqxona aniqlandi

'Farg`onada reyd: noqonuniy issiqxona aniqlandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Farg`ona viloyati organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarori talablariga muvofiq reyd tadbirlarini o`tkazmoqda.

MIBning ma`lum qilishicha, navbatdagi tadbir Farg`ona tumani, Do`stlik MFY, Haqiqat ko`chasida o`tkazildi.

Xususan, mazkur ko`chada yashovchi fuqaro Mamatqulov G`anijon o`z xonadoni tomorqasida bir nechta issiqxonalar qurib, ularga yashirin ravishda tabiiy gaz tarmog`ini tortgan va tadbir vaqtida hech qanday hisoblagichsiz foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Holbuki, uning yon  qo`shnilari tabiiy gaz bosimi pastligi sababli o`tin-ko`mirdan foydalanishmoqda ekan. 

Birovning haqqi teshib chiqadi, degan naql to`g`ri bo`lib chiqdi. Issiqxona tabiiy gaz tarmog`idan uzildi, endi G`.Mamatqulov issiqxonalaridagi bir necha o`n minglab pomidor va boshqa ko`chatlarini tunu-kun o`tin va ko`mir yoqib asrab qolishiga to`g`ri keladi. 

Mazkur holat bo`yicha Majburiy ijro byurosi Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan bayonnoma rasmiylashtirildi va hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlatga etkazilgan zarar esa gaz ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan hisoblab berilganidan so`ng so`zsiz undiriladi.

    Boshqa yangiliklar