AsosiyJamiyat

Qo`qonda “Spark” va “Nexia”ning qattiq to`qnashuvidan katta yong`in sodir bo`ldi

'Qo`qonda “Spark” va “Nexia”ning qattiq to`qnashuvidan katta yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

2020 yilning 07 fevral kuni soat 21:00 larda haydovchi 24 yoshli A.R. boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomashinasida Qo`qon shahar Turkiston ko`chasidan G`isht ko`prik ko`chasi yo`nalishi tomon harakatlanib chorrahaga kelganida o`ziga nisbatan yo`lning o`ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir qilgan. Natijada “Spark” avtomashinasining motor qismi “Nexia” avtomashinasining old qismiga urilishi natijasida qisqa tutashuv hosil bo`lib, oqibatda yong`in sodir bo`lgan. Haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.

Hozirda Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deya xabar berdi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar