O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi raisi etib tayinlangan.
Bu haqda, Xalqaro press-klubning davlat tili mavqeiga bag`ishlangan sessiyasida qatnashayotgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti raisi ma`lum qildi.
Shuningdek, bir oydan so`ng mazkur atamalar komissiyasi faoliyatini yorituvchi internet sayti ishga tushadi.






