AsosiyJamiyat

15 fevraldan boshlab Toshkent-Omsk yo`nalishida muntazam avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi

'15 fevraldan boshlab Toshkent-Omsk yo`nalishida muntazam avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

 

Rossiya Federasiyasiga boruvchi yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 15 fevral kunidan e`tiboran Toshkent-Omsk yo`nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma`lum qildi.

Mazkur yo`nalishda “Uzautotrans Service” korxonasi o`zining zamonaviy avtobuslarida xizmat ko`rsatadi. Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar o`rtasidagi 2200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib o`tadi.

Ushbu yo`nalish bo`ylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo`nalish bo`yicha chipta narxi 450 000 so`m etib belgilangan.  

“Uzautotrans service” korxonasi tomonidan yo`lovchilarga yuqori darajada servis xizmatini ko`rsatish va tashuvlar xavfsizligini ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Yo`nalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik ko`rikdan haydovchilar esa tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi. Yo`lovchi tashish faoliyati sug`urta kompaniyasi tomonidan sug`urtalangan.

    Boshqa yangiliklar