2020 yil 4 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Hudud profilaktika inspektori bir oydan buyon ishga chiqmaydi” nomli maqola e`lon qilingan. Unda “Xorazm viloyat Shovot tumanidan Ostona mahallasidan yozmoqdamiz. Hudud profilaktika inspektorini topa olmayapmiz, bir oydan buyon ishga kelmaydi. Unga berilgan xizmat uyi ham qurilgandan buyon qarovsiz yotibdi. Ushbu holatni IIV o`z nazoratiga olib, munosib inspektor tayinlasin” deb ko`rsatilgan.
Mazkur maqola Xorazm viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganida quyidagilar aniqlandi.
Maqolada tilga olingan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Ostona” mahallasiga xizmat ko`rsatish uchun Shovot tumani IIB profilaktika inspektori leytenant A.Ro`zmetov biriktirilgan bo`lib, u joriy yilning 13 yanvar kunidan 20 yanvar kuniga qadar kasalligi sababli, 21 yanvar kunidan 23 fevral kuniga qadar navbatdagi mehnat ta`tiliga chiqqanligi sababli o`z xizmat hududida emas.
Shuningdek ushbu profilaktika inspektorining o`ziga berilgan xizmat uyida doimiy yashashi navbatdagi mehnat ta`tili tugaganidan keyin to`liq ta`minlanishini bildiramiz.
Profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan profilaktika inspektori leytenant A.Ro`zmetov xizmat vazifalarini bajarishga kirishgunga qadar, Shovot tumani “Ostona” mahallasiga xizmat ko`rsatish shu mahallaga qo`shni bo`lgan “Yangi turmush va Oltin qal`a” mahallalariga xizmat ko`rsatuvchi profilaktika inspektori leytenant A.Raximov zimmasiga yuklatilgan, deyiladi Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.