1

Xitoy koronavirus bo`yicha eng so`nggi ma`lumotlarni e`lon qildi

Dunyo 10.02.2020, 10:41
Xitoy koronavirus bo`yicha eng so`nggi ma`lumotlarni e`lon qildi

Bugun Xitoy vaqti bilan soat 00.00 ga qadar 2019-nCoV koronavirusi tufayli kelib chiqqan pnevmoniya holatlari soni 40 171 tani tashkil etgan va 908 ta holatda halokatli natija qayd etilgan. Bu haqda XXR Davlat sog`liqni saqlash qo`mitasi ma`lum qilgan.

So`nggi bir kun ichida XXRda bu kasallikka chalinganlar soni 3,062 ga, o`lim esa 97 kishiga ko`paydi. Ayni paytda mamlakatdagi shifoxonalarda qariyb 36 ming kishi davolanmoqda, 6,5 ming kishining ahvoli og`ir deb baholanmoqda. Shu bilan birga, 3,3 ming kishi tuzalib, ketgan, deya xabar beradi «Interfaks».

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adan Gebreesusning aytishicha, tashkilotning ilg`or bir guruhi hamkasblariga epidemiyani engish va kasallik manbasini aniqlashda yordam berish uchun uchib ketgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1