Polshada xorijiy mehnat migrantlari uchun noqonuniy hujjatlar tayyorlash bilan shug`ullangan to`rt nafar ukrainalik, ozarbayjonlik va polshalik fuqarolar ushlandi. Bu haqda Polskie Radio portali xabar bermoqda.
Ushbu jinoiy guruh Ozarbayjon, Rossiya, Gruziya, Ukraina, O`zbekiston, Turkiya, Pokiston, Eron, Iroq va Qozog`istondan 500 dan ortiq fuqarolarga pul evaziga qalbaki firmalar orqali Polsha va Evropa Ittifoqining boshqa davlatlari hududida bo`lish va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlagan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy guruhni qo`lga olish jarayonida ular yashagan kvartira va faoliyat yuritgan ofislarda ko`plab hujjatlar, elektron vositalar, shuningdek, 120 ming AQSh dollari qiymatidagi avtomobillar, elektron jihozlar musodara qilingan.






