AsosiyJamiyat

5 yil ozodlikdan mahrum qilingan fuqaroning aybsizligi isbotlandi

'5 yil ozodlikdan mahrum qilingan fuqaroning aybsizligi isbotlandi'ning rasmi

YoXUD QILMIShIDA JINOYaT TARKIBI BO`LMAGAN ShAXSGA NISBATAN JINOYaT IShLARI BO`YIChA POP TUMAN SUDINING ChIQARGAN HUKMI BEKOR QILINDI

Jinoyat ishlari bo`yicha Pop tuman sudining 5 yil avvalgi hukmiga ko`ra, 65 yoshli ishsiz fuqaroga JKning 135-moddasi 2-qismi “b,e,z,i” bandlari bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 2012 yil 12 dekabr, 2013 yil12 dekabr, 2014 yil 14 noyabrdagi amnistiya aktlariga asosan o`talmagan jazosi uchdan bir qismiga qisqartirilgan. Sudlanuvchidan fuqaroviy da`vogarlarga 4.802.234 va4.617.258 so`m, Namangan viloyat IIB foydasiga esa 14.099.110 so`m undirish belgilangan.

SUDNING HUKMIGA KO`RA...

Sudlanuvchi qizi bilan oldindan kelishib, odamlarning mehnatidan foydalanish maqsadida 2012 yil aprelda ikki nafar fuqaroga Rossiyada yog`ochni qayta ishlash zavodida ish borligi, oyiga bir smena uchun 500 dollar, ikki smena uchun1.000 dollar miqdorida oylik maosh to`lanishi, yotoq joyi bepul ekani, yo`l kirani o`zi berishini aytgan. Qizi orqali ularning har biriga yo`l kira uchun 500.000 so`m va 1.000 Rossiya rubli miqdorida pul bergan. So`ng ikki fuqaro Rossiyaning Cherepoves shahriga borganlarida sudlanuvchi ularni kutib olib, bir shaxsga topshirganlikda, u esa aldanganlarning fuqarolik pasportlarini hujjatlashtirish uchun deb olib, majburiy mehnatga jalb qilib, ish haqini bermaganlikda ayblangan.

Birinchi instansiya sudi tomonidan JKning 9-moddasi, JPKning 22-23-82-112-moddalari va Oliy sudi Plenumining 2014 yil 23 maydagi “Sud hukmi to`g`risida”gi Qarorining 16-bandida, JPKning 463-moddasida qayd etilgan Qonun talablari va Plenum qarori tushuntirishlariga rioya etilmay sudlanuvchining aybliligi haqida barvaqt xulosaga kelingan.

Sudlanuvchi shikoyatida odam savdosi jinoyatini sodir etmagani, ha- rakatida jinoyat alomatlari yo`qligi haqida vajlar keltirib, sud hukmini bekor qilib, oqlashni so`ragan.

JIB Namangan viloyat sudlov hay`ati ish bo`yicha sudya B.Babamirzaevaning ma`ruzasini, viloyat prokuraturasi bo`lim prokurori J. Juraevning sud hukmini o`zgarishsiz, shikoyatni qanoatlantirmay qoldirish, sudlanuvchi va uning himoyachisining sud hukmini bekor qilib, oqlov ajrimi chiqarish haqidagi fikrlarini tingladi. Jinoyat ishi hujjatlarini tahlil qilib, qator asoslarga ko`ra apellyasiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim topdi.

“QIZIM BERGAN YO`L KIRA HAQINI HAM TO`LAShMAGAN”

Sudlanuvchi dastlabki tergov va sudda aybiga iqror bo`lmagan...

— Rossiyada ishlab yurgan vaqtimda 2012 yil martda tanishim qo`ng`iroq qildi. “O`g`limning alimentdan qarzi bor, ish topishda yordam ber”, dedi. Yog`ochni qayta ishlash sexida ish bor, ish haqi soatiga 55 rubldan ekan. Lekin ish og`ir, dedim.

Shunga qaramay, tanishim rozi bo`ldi. Keyinchalik fuqaroviy da`vogar ham qo`ng`iroq qilib, “ishga borish niyatim bor. Lekin yo`l kira uchun pul yo`q”, dedi. Shunda qizimdan qarz olib turishlari mumkinligi, keyinchalik ish haqilaridan to`lashlarini aytdim. Ular qizimdan yo`l kiraga pul olib, may oyida Rossiyaga etib kelishdi. Ularni kutib olib, tibbiy ko`rikdan o`tkazdirib, ishlash uchun ruxsatnomaga hujjatlarini tayyorladim. 2 kundan so`ng ularni Cherepoves shahriga yog`ochni qayta ishlash sexiga ishga taksida yubordim. Ular seh rahbarlari bilan shartnoma tuzib, ishni boshlashgan. Keyin ular bilan ko`rishmadim. Tanishim va fuqaroviy da`vogar ichkilikka berilib, talab darajasida ishlashmagan. Tanishim mast bo`lgani uchun boshiga taxta tushib ketgan. Ular uch oy ishlagan bo`lishsa, ish haqlarini bir qismi hujjatlarini rasmiylashtirish ishlariga ketgan. Uchinchi oydagi ish haqlaridan 200 dollar ajratilgan. Ularni ishga taklif qilmaganman, o`zlari ish topib berishni iltimos qilishgan. Qaytishga yo`l kirani ham sexdagi ish yurituvchi qilib bergan. Ular hattoki qizim bergan yo`l kira haqini ham to`lashmagan.

“DALILLAR ASOSLANTIRILMAGAN”

Akrom ARIPOV,O`zbekiston Respublikasi Oliy sudikatta konsultanti:

— Apellyasiya instansiyasida sudlanuvchi  dastlabki tergovva birinchi instansiya sudida bergan ko`rsatmalarini tasdiqlagan. Tanishi va fuqaroviy da`vogarni migrasiya bo`yicha ishlaydigan firma orqali bir ayol yordamida topganini qo`shimchaular qonuniy tuzilgan shartnoma asosida joylashishgan. Ishlab turgan vaqtlarida 2 oydan so`ng O`zbekistonga kelganida ham qarindoshlaridan shikoyat bo`lmagan. Qaytib ketganidan keyin tuhmat uyushtirib, qidiruv e`lon qilingan. Ular pasportlarini olmagani, ishlagan joyining boshlig`i ham tanish bo`lmagani, may-avgust oylarida ishlagan ish haqlari 49.000-50.000 rubl bo`lganini u erdan ma`lumotnoma olganida bilgan. Ular yashagan joylarni va iste`mol qilgan ovqatlari suratga olingan. Yashash sharoitlari yaxshi bo`lgan.

Birinchi instansiya sudi tomonidan hukmda sudlanuvchining aybi jabrlanuvchi va jabrlanuvchining vakili bergan ko`rsatmalaridan tashqari yana qaysi ob`ektiv dalillar bilan isbotlangani asoslantirilmagan.

Garchand, sudlanuvchi qizi orqali ikki fuqaroni ishga taklif qilib, ularni qabul qilib, ish beruvchiga topshirgan bo`lsa-da, ularni xususiy korxona bilan tuzilgan maishiy pudrat shartnomasi asosida fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq ishga joylashtirgan. O`zi ishchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazib, qonuniy tartibda ishlash uchun ruxsatnoma hujjatlarni rasmiylashtirgan.

Jabrlanuvchilar uyali telefon apparatidan foydalanish orqali yaqinlari bilan to`siqsiz aloqa qilish imkoniga ega bo`lgani kabi holatlar sudlanuvchida jabrlanuvchilarni ekspluatasiya qilishga qaratilgan maqsad mavjud bo`lmaganidan dalolat beradi.

SUDINING SUDLANUVChIGA NISBATAN ChIQARGAN HUKMI BEKOR QILINDI.

— JIB Pop tuman sudining 2015 yil 3 fevraldagi sudlanuvchiga nisbatan chiqargan hukmi bekor qilindi. Uning qilmishida jinoyat tarkibi bo`lmagani sababli jinoyat ishi JPKning83-moddasi 2-bandiga asosan tugatildi.

Sudlanuvchi aybsiz deb topilib, reabilitasiya qilindi (oqlandi). Sudlanuvchiga etkazilgan mulkiy, ma`naviy va boshqa ziyonlar oqibatlarini JPKning 304-312-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist

    Boshqa yangiliklar