AsosiyJinoyat

Parkentda og`zaki tortishuv o`lim bilan yakun topdi

'Parkentda og`zaki tortishuv o`lim bilan yakun topdi'ning rasmi

Toshkent viloyati. 2020 yil 04 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda Parkent tumanida 28 yoshli M.Sh. (ayol) ishdan qaytayotib, ko`cha boshida o`ziga notanish bo`lgan 22 yoshli A.T. bilan o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro kelishmovchilik natijasida yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan A.T.,ning chap tomon ko`krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati etkazgan va hodisa joyidan yashiringan. 

Natijada A.T.,ga shifoxonada ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar