AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” Farg`ona vodiysida ilk bor "UNG Petro" Ai-92 benzinini sotuvga chiqardi

'“O`zbekneftgaz” Farg`ona vodiysida ilk bor "UNG Petro" Ai-92 benzinini sotuvga chiqardi'ning rasmi

"O`zbekneftgaz aksionerlik jamiyati ""UNG Petro" MChJ tomonidan neft mahsulotlarini sotish hajmini oshirish bo`yicha import qilingan Ai-92 benzin sotuvi yo`lga qo`yiilishi haqida ma`lum qilingan edi.  Ayni paytda Farg`ona vodiysida Ai-92 rusumli yuqori sifatli benzinni iste`molchilarga sotish tashkil etildi. Kompaniyaning mintaqadagi o`nta avtomobillarga yoqilg`i qo`yish shoxobchalarida import mahsulotlari iste`molchilarga sotilmoqda.

Ta`kidlash joizki, "UNG Petro" Ai-92 rusumli benzinni boshqa import qiluvchi kompaniyalarga nisbatan 14-15%ga arzonroq sotishni yo`lga qo`ydi.  

Yaqin kunlarda Farg`ona vodiysidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`i orqali Evropa standartlariga javob beradigan dizel yoqilg`isi ham savdoga chiqariladi.  

Iste`molchilarning Telegram kanaldagi @UNG_Petro_Bot orqali bildirgan fikrlariga ko`ra, "UNG Petro" AYoQShlarida sotilayotgan Ai-92 rusumli benzinning sifati va narxi ijobiy deb baholangan.

    Boshqa yangiliklar