AsosiyDunyo

Qozog`istonda koronavirusdan sug`urtalash boshlandi

'Qozog`istonda koronavirusdan sug`urtalash boshlandi'ning rasmi

Qozog`istonning “Evrosiyo” sug`urta kompaniyasi mamlakat fuqarolarini koronavirusni davolash xarajatlarini qoplaydigan maxsus sug`urta dasturini taklif qilmoqda. Bu haqda Forbes nashrining qozoq xizmati manbasiga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Polis narxi tahminan 3900 tenge (97500 so`m) turadi va u koronavirus tashxisi qo`yilgan bemorlarni davolash uchun 500 ming tenge (12,5 million so`m) miqdoridagi xarajatlarni qoplaydi. 

“Sayohat yoki xizmat safarini bekor qilish imkoni bo`lmaganlar uchun biz yangi sug`urta xizmatini ishlab chiqdik. Sug`urta nafaqat Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlarning balki, Uxan [Xitoydagi koronavirusning episentri – sof.uz] dan o`n minglab kilometr uzoqlikdagi hududlarda yashovchi fuqarolarni ham qamrab oladi”, — deydi kompaniya boshqaruv raisi o`rinbosari Nurjan Jonturaev.

Boshqa yangiliklar