Avvalroq, «Ilhom» teatri joylashgan Toshkent shahridagi "Shodlik Palace" mehmonxonasi to`liq rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan aprelga qadar binoni bo`shatib qo`yish so`ralgan edi. Mehmonxonaning yangi egasi "Ofelos Plaza" kompaniyasi rekonstuksiya ishlari Shayxontohur tuman hokimiyati talabi bilan amalga oshirilayotganini ma`lum qilgan.
Ayni paytda Toshkent shahar hokimiyati Shayxontohur tumani hokimligining "Shodlik Palace" mehmonxonasini rekonstruksiya qilish tashabbusi bilan chiqqaniga oid ma`lumotni o`rganmoqda, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.
Bu masala aniqlashtirilgach, uning tafsilotlari haqida yana ma`lumot beriladi, "Shodlik Palace" binosi xususiy tadbirkorga tegishli bo`lib, Toshkent shahar hokimligi tasarrufida emasligini ham qayd etib o`tgan.






