AsosiyJamiyat

Samarqandda “muddatli harbiy xizmatga yaroqli” qilib berayotgan shifokor 600 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

'Samarqandda “muddatli harbiy xizmatga yaroqli” qilib berayotgan shifokor 600 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

 

Harbiy xizmatga yuborish uchun ta`magirlik qilgan shifokor ushlandi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Unda aniqlanishicha, Kattaqo`rg`on shahar tibbiy chaqiruv komissiyasi katta vrachi T.I. fuqaro X.Sh.ga uning o`g`li A.T.ni oyog`i yassi ekanligi va tibbiy ko`rikda “muddatli harbiy xizmatga yaroqsiz” deb topilganligini aytadi. Lekin shifokor tanishlari orqali muddatli harbiy xizmatga yuborish masalasini hal qilib berishni va`da qiladi. Buning evaziga esa 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar