AsosiyJinoyat

Jarqo`rg`onda qarzni qaytarish uchun pora talab qilgan hisobchi qo`lga olindi

'Jarqo`rg`onda qarzni qaytarish uchun pora talab qilgan hisobchi qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Jarqo`rg`on tuman “Yo`llardan foydalanish” unitar korxonasi bosh hisobchisi D.B. pora olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

U xizmat mavqeidan foydalanib, korxonaning “X.” xususiy dehqon fermer xo`jaligidan mavjud 43,7 mln. so`m qarzdorligini to`lab berish evaziga, xo`jalik rahbari D.dan 2 mln. so`m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar