AsosiyJinoyat

Hazoraspda hujjatlarni tayyorlab bermoqchi bo`lgan kadastr xodimi ushlandi

'Hazoraspda hujjatlarni tayyorlab bermoqchi bo`lgan kadastr xodimi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri” davlat korxonasining Hazorasp tuman filialining turar joylarni inventarizasiya qilish va baholash bo`limi mutaxassisi B.M. ushlandi.

U fuqaro K.E.dan uning eski turar joy binosiga kadastr yig`ma jildini tayyorlab, tanishlari orqali tuman hokimining ko`chmas mulkka egalik qilish to`g`risidagi qarorini chiqartirib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar