AsosiyJinoyat

Xivada fuqarolarni pul evaziga o`qishga kiritishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Xivada fuqarolarni pul evaziga o`qishga kiritishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Xiva shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Ma`mun nomidagi jahon tillari” NTM rahbari A.N. fuqarolarni oliy ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`qitishga ruxsat beruvchi tegishli lisenziyasi bo`lmasada, fuqaro E.I.ga NTMni chet tili filologiyasi mutaxassisligi bo`yicha o`qitib, bakalavr diplomi berish uchun pul so`ragan.

U o`qishga kiritish imkoniyatiga ega ekanligini aytib, uni aldab, o`quv yurtining 2-semestridan o`qishni boshlashiga yordam berishi evaziga 1 850 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Shuningdek, NTM rahbari A.N. bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularining 128,5 mln. so`m va 500 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan NTM rahbari A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar