AsosiyJamiyat

Shayhontohurdagi xonadonda yong`in sodir bo`ldi

'Shayhontohurdagi xonadonda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

2020 yilning 10 fevral kuni soat 20:26 da, Toshkent shahrining Shayxontoxur tumani “Chaqar” MFY, hududida joylashgan Xoji Axror Vali ko`chasi 52-xonadonda yong`in kelib chiqqan. Yong`in natijasida uy ichki va tom qismining 60 kv.m maydoni yongan. 

FVBning ma`lumotiga ko`ra, Yong`in-qutqaruv jangovor bo`linmalari manzilga soat 20:33da etib borgan va ko`rilgan tezkor choralar natijasida yong`in soat 20:53da bartaraf etilgan hamda uyning 125 kv.m maydoni saqlab qolingan. 

Yong`in natijasida halok bo`lgan va jabirlaganlar yo`q. Yong`in sabablari va yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar FVB yong`in havfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishingizni so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar