Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil davomida turli xorijiy mamlakatlardan O`zbekistonga jami 2527 kishi ko`chib kelgan.
Ko`chib kelganlar xorijiy mamlakatlar kesimida:
Qozog`istondan – 839 kishi
Rossiya Federasiyasidan – 588 kishi
Tojikistondan – 541 kishi
Qirg`izistondan – 307 kishi
Boshqa davlatlardan – 252 kishi
Ularning eng ko`pi, ya`ni 775 nafari Toshkent viloyatiga, eng kami, ya`ni 3 nafari Surxondaryo viloyatiga to`g`ri keladi.






